Joriy yilning 20-noyabrida viloyat Matbuot uyida viloyat statistika xodimlari ishtirokida “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonunning mohiyatini soha xodimlariga keng targ’ib etish masalalariga bag’ishlangan o’quv-seminar o’tkazildi. O’quv-seminarni statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Sharof Abdiyev ochib berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Rohila Ochilova, “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati muxbiri Xurshida Ernazarovalar mazkur qonun bo’yicha xodimlarga tushuntirishlar berishdi.
“Ma’lumki, so’z erkinligini ta’minlash mamlakatimizda qonun bilan belgilab qo’yilgan bo’lib, unda har kim axborot izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi ham alohida ta’kidlab o’tilgan. Ushbu qonunning asosiy vazifasi axborotning muxofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Mazkur tadbirdan ko‘zlagan asosiy maqsadimiz ham ayni shu jihatlarni soha xodimlariga keng targ‘ib qilishdir” dedi boshqarma axborot xizmati xodimi M.Bo’riyeva.
Tadbir davomida xodimlar soha mutaxassislaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Axborot xizmati