Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) bilan hamkorlikda mamlakatimizda multiindikator klaster kuzatuvlari ( MICS) ga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur kuzatuvlarning muhim jihati shuki, unda bolalar va ayollar holati, ya’ni salomatligi, huquqlari, ta’lim olish va jismoniy rivojlanish darajasi xalqaro talablar bo‘yicha baholanadi. Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ishchi guruhi bugungi kunda viloyatning barcha hududlarida reja asosida kuzatuv oldi tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Joriy yilning 22- fevral kuni ishchi guruh tomonidan Bulung‘ur tumanidagi tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan “Cho‘yontepa” mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarning joylashuvini kartografik xaritalar asosida o‘rganish va uy xo‘jaliklarining ro‘yxatini tuzish ishlari olib borildi.
Axborot xizmati