Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Maqola

Shu yil 8 avgust kuni Davlat statistika qo'mitasida Osiyo Taraqqiyot Banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O'zbekistonda ta'lim va bandlikni rivojlantirish loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Uchrashuvda  ta'lim, bandlik va mehnat bozori borasida ma'lumot to'plash texnologiyasi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda ma'lumot to'plash uchun statistik hisobot shakllari, ularni to'plash va tahlil qilish usullari, chiquvchi ma'lumotlarning nashr etilishi, foydalanuvchilarning talabiga binoan ma'lumot berish usuli haqida ham so‘z yuritildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash