Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-IYUN HOLATIGA)

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49607 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

51878 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

18058 so'm

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

3246 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2702 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

3079 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1712 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2722 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2296 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2121 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

3995 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

8931 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9690 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

11603 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

9564 so'm

Karam

Karam (1 kg)

1334 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

7447 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

3642 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

4373 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2138 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1934 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

30759 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2305 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

2360 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

15202 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2327 so'm

Olma

Olma (1 kg)

10619 so'm

Nok

Nok (1 kg)

15499 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

10684 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

24011 so'm

Limon

Limon (1 kg)

24899 so'm

Banan

Banan (1 kg)

19941 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16635 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

11959 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

44563 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15545 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26858 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3935 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4447 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9280 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12657 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21844 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20530 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33697 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28141 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40719 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

8283 so'm

Asal

Asal (1 kg)

49700 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

2666 so'm

HUDUDIY BO'LIMLAR

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


 

Joriy yil 24-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish uchun e'lon qilingan eng yaxshi logotip va shior uchun tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmoni va Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 10-martdagi 1-son farmoyishiga muvofiq o‘tkazildi. Tanlov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlov joriy yilning 11-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytida (www.stat.uz) e'lon qilindi. Tanlovda fuqaroligidan qat'iy nazar 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, professional reklama kompaniyalari va agentliklarning vakillari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishi belgilandi. Takliflar tanlovning rasmiy elektron pochtasi (Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.) orqali qabul qilindi.

Tanlovga jami 19 ta ariza kelib tushdi. Kelib tushgan arizalarda eng yaxshi logotip uchun 38 ta loyiha hamda eng yaxshi shior uchun 99 ta loyiha taklif etildi.

Tanlovga kelib tushgan har bir ariza va taklif etilgan loyihalar, tanlov ishchi guruhi tomonidan nizom talablari asosida birma-bir ko‘rib chiqildi. Eng yaxshi logotip va shiorni tanlab olishda g‘oyaning o‘ziga xosligi, yangiligi, aniq-ravshanligi, jozibadorligi, tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va tadbir maqsadiga muvofiqligi hamda ijro estetikasi kabi mezonlarga mosligi o‘rganib chiqildi.

Tanlov ishchi guruhi xulosasiga ko‘ra tanlovning eng yaxshi shior nominatsiyasida Isakov Hasan Rustamovich tomonidan taqdim etilgan “Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!” loyihasi g‘olib deb topildi.

Tanlovning eng yaxshi logotip nominatsiyasida “Aladdin Design” reklama agentligi taqdim etgan loyiha tanlov g‘olibi deb topildi.

Ushbu loyihalar O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda asosiy indentifikator sifatida foydalaniladi.

Tanlov g‘oliblarini diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash