Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo’linmalari (sug’urta tashkilotlari, banklar, fermer va dehqon xo’jaliklaridan tashqari) 1-moliya shakli Davlat statistika (oylik) hisobotini 18-dekabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (OKTABR)

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49506 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

49643 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

18948 so'm

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2322 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2442 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2491 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1625 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2691 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2250 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2119 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

3076 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

10415 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9675 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

8193 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

7494 so'm

Karam

Karam (1 kg)

2083 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

3989 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

2769 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2326 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2156 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1415 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

9780 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2265 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1790 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

2483 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

2388 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2716 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

1394 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

1816 so'm

Olma

Olma (1 kg)

5345 so'm

Nok

Nok (1 kg)

7909 so'm

Olxo'ri

Olxo'ri (1 kg)

3168 so'm

Shaftoli

Shaftoli (1 kg)

5478 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

5380 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

30576 so'm

Limon

Limon (1 kg)

16018 so'm

Banan

Banan (1 kg)

20383 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16215 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

10921 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

44080 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15594 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26541 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3889 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4416 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9567 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21735 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20473 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33713 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28138 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40719 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

7209 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43277 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

2125 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi

 
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
 
Hurmatli uchrashuv qatnashchilari!
 
Avvalo, siz, muhtaram doʻstlarimni – Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari va delegatsiyalar aʼzolarini chin qalbimdan qutlayman.
 
Ushbu Maslahat uchrashuvining oʻtkazilishi manfaatlarimizning oʻzaro mushtarakligi, mintaqaviy taraqqiyotning eng dolzarb masalalari boʻyicha ochiq muloqot va birgalikda qarorlar qabul qilishga tayyor ekanimizni yana bir bor yaqqol tasdiqlaydi.
 
Biz hozirgina tor doirada oʻtkazgan muzokaralarda hamkorligimizning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qildik va mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash zarurligi haqida yakdil fikrga keldik.
 
Maʼlumki, Markaziy Osiyo geostrategik joylashuviga koʻra, ming yillar davomida jahon miqyosidagi jarayonlar markazida boʻlib kelgan.
 
Bizning mintaqamiz doimo oʻzining boy madaniy-tarixiy merosi bilan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bogʻlaydigan noyob koʻprik boʻlib xizmat qilgan.
 
Ushbu qutlugʻ zaminda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk gumanist olimlar, mutafakkir va shoirlar yashab ijod qilgan. Bu yerda ulkan tabiiy zaxiralar, katta insoniy salohiyat mavjud.
 
Bugungi kunda ham Markaziy Osiyoda dunyoning raqobatdosh qudratli davlatlarining manfaatlari oʻzaro kesishib keladi.
 
Bizga bevosita yaqin boʻlgan hududlarda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka taʼsir etadigan yirik beqarorlik oʻchoqlari mavjud.
 
Bizning oldimizda murakkab savollar turibdi: Markaziy Osiyo qanchalik izchil va barqaror rivojlanadi? Bizning mamlakatlarimiz qanday yangi xavf-xatar va tahdidlarga duch kelishi mumkin? Biz, umumiy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda, mintaqaviy hamkorligimizni bundan keyin qanday olib boramiz? 
 
Bugun biz ana shunday muhim hayotiy savollarga birgalikda javob topishimiz kerak.
 
Hurmatli uchrashuv qatnashchilari!
 
Mintaqaning har bir davlati Markaziy Osiyoning barqarorligi va ravnaqini taʼminlashga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Siyosiy iroda va amaliy qadamlarimiz tufayli biz hamkorlikning yanada yuqori bosqichiga koʻtarilmoqdamiz.
 
Bizning hamjihatligimiz va faol saʼy-harakatlarimiz koʻp qirrali mintaqaviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Biz qisqa muddatda birgalikda real tarzda oldinga siljishga erishdik.
 
Xususan, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi soʻnggi yillarda 2 barobar, qoʻshma korxonalar soni 4-marta oʻsdi.
 
Biz sheriklarimiz bilan birgalikda chegaralarimizda huquqiy rasmiylashtirish ishlarini yakunlash arafasida turibmiz. Oltmishga yaqin oʻtish punktlarining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlab, vizalarni bekor qildik.
 
Ishbilarmonlik va hududlararo aloqalar, transport qatnovlari, madaniy-gumanitar almashuvlar kengayib bormoqda.
 
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi hamda mamlakatlarimizning Bosh vazirlari oʻrinbosarlari darajasida Ishchi guruhning dastlabki uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
 
Oʻn yillik tanaffusdan soʻng 2018-yilda Turkmanistonda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
 
Mamlakatlarimizning BMT Xavfsizlik Kengashida Afgʻoniston boʻyicha muzokaralarning olib borilgani, Markaziy Osiyoda radiatsiya xavfsizligini taʼminlash, “Barqaror rivojlanish uchun suv” harakatlarining xalqaro oʻn yilligi, Energetik xartiyaning Ashxobod deklaratsiyasi qabul qilingani, Markaziy Osiyo boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari va shu kabi boshqa koʻplab keng eʼtirof etilgan xalqaro tashabbuslari yaxshi maʼlum.
 
Bularning barchasida barqaror bir tendensiya – davlatlarimizning mustaqil roli va umumiy kelajak uchun masʼuliyati kuchayib borayotgani namoyon boʻlmoqda.
 
Shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy va global masalalar boʻyicha tobora koʻproq umumiy pozitsiyadan turib fikr bildirmoqda.
 
Bizning mintaqadagi oʻzaro yaqinlashuvimiz va hamkorlikni kengaytirishimiz – bu zamon talab qilayotgan va orqaga qaytmaydigan jarayon ekanini taʼkidlamoqchiman. U qatʼiy siyosiy tanlovga asoslangan boʻlib, chuqur tarixiy omillarga ega va kimningdir manfaatlariga qarshi qaratilgan emas.
 
Bu borada, birlik va jipslikni mustahkamlagan holda, biz izchil va barqaror rivojlanib borayotgan mintaqamizning, demakki, istiqbolli va ishonchli xalqaro sherikning shakllanishiga hissa qoʻshmoqdamiz.
 
Natijada dunyoda Markaziy Osiyoga eʼtibor izchil ortib bormoqda, bizning birgalikda ilgari surayotgan tashabbuslarimizni qoʻllab-quvvatlashga yetakchi davlatlar va xalqaro moliya tuzilmalarining qiziqishi tobora kuchaymoqda.
 
Shu munosabat bilan mintaqa mamlakatlarining xorijiy sheriklar bilan turli formatlarda yaqin va tizimli muloqotini va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida oʻzaro hamkorlikni davom ettirish muhim, deb hisoblayman.
 
Muhtaram delegatsiya rahbarlari va aʼzolari!
 
Kengayib borayotgan mintaqaviy sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari haqida gapirganda, quyidagilarni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.
 
Birinchi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi vazifalarni amalga oshirishga bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etish muhimdir. Bular butun mintaqaning jadal taraqqiyoti va raqobatbardoshligini taʼminlashning ustuvor vazifalaridir.
 
Bu borada Markaziy Osiyo investitsiya forumi va mamlakatlarimiz savdo-sanoat palatalarining ilk yigʻilishini oʻtkazish, Transport-kommunikatsiyalar boʻyicha mintaqaviy kengashni tashkil etishni tezlashtirishni taklif etamiz.
 
“Bir sayohat bilan – butun mintaqa boʻylab” tamoyili asosida qoʻshma dasturlarni ilgari surish uchun Xalqaro turizm konferensiyasini tashkil etishni taklif etamiz.
 
Ikkinchi. Bosh vazir oʻrinbosarlari va tashqi ishlar vazirlarining koʻp tomonlama uchrashuvlarini muntazam tashkil qilish bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari Parlamentlararo doʻstlik guruhini taʼsis etishni taklif qilamiz.
 
Uchinchi. “Markaziy Osiyo – yagona oʻtmish, umumiy kelajak” shiori ostida madaniy-gumanitar almashuv platformasining yaratilishi barcha xalqlarimiz manfaatlariga javob beradi, deb oʻylayman.
 
Sizlarning qoʻllab-quvvatlashingiz bilan ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohalarida erishgan salmoqli yutuqlari uchun Markaziy Osiyo mukofotini taʼsis etish, shuningdek, universitetlar forumlari va mintaqaviy sport oʻyinlarini tashkil etish taklif qilinmoqda.
 
Har yili Navroʻz bayrami arafasida navbati bilan har bir mamlakatda Markaziy Osiyo madaniyat kunlarini oʻtkazishni muhim, deb hisoblaymiz. Bularning barchasi qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
 
Toʻrtinchi. Mintaqaning murakkab suv va ekologik muammolarini hal qilish va yechish oʻzaro muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni talab qiladi.
 
Innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini tatbiq etish, choʻllanishning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish va boshqa kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish maqsadida BMT shafeligidagi Orolboʻyi mintaqasi uchun Trast fondi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhim, deb hisoblaymiz.
 
Suv resurslaridan birgalikda foydalanishning dolzarb masalalarini hal qilishning barcha uchun maqbul yechimini izlashni davom ettirish lozim.
 
Beshinchi. Eng muhim ustuvor vazifa – mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashdan iborat.
 
Zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga keng miqyosda qarshi turish uchun mamlakatlarimizning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari va maxsus xizmatlarining operativ hamkorlik qilishi boʻyicha ishchi mexanizmlarni yaratish tarafdorimiz.
 
Afgʻoniston bizning mintaqamizning uzviy bir qismidir. Ushbu mamlakatga tinchlik va taraqqiyot yoʻliga qatʼiy qadam qoʻyishi uchun yordam berish barchamizning umumiy manfaatlarimizga toʻliq mos keladi.
 
Muammoni siyosiy yoʻl bilan hal qilish borasidagi asosiy tamoyillarga amal qilish zarur, deb hisoblaymiz. Avvalambor, bu – zoʻravonlikdan voz kechish, oʻt ochishni toʻxtatish, muloqot va murosaga tayyorlikni namoyon etishdan iborat.
 
Bundan tashqari, Afgʻonistonda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga faol jalb etishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish oʻta muhimdir.
 
Hurmatli doʻstlar!
 
Bugun shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, bizning mamlakatlarimiz oʻrtasida deyarli barcha asosiy yoʻnalishlar boʻyicha koʻp tomonlama munosabatlarning yangi tizimi barpo etilmoqda.
 
Ushbu ijobiy va shiddatli jarayonning negizida xalqlarimizning oʻzaro intilishi va manfaatlarining mushtarakligi mujassamdir.
 
Ishonchim komilki, bugun belgilab olingan barcha ustuvor vazifalar kelgusida Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha bizning yagona qarashimizda oʻz aksini topishi kerak.
 
Biz oʻzaro hamkorligimizning asosiy maqsad va tamoyillarini kelishib olishimiz, inson, kapital, tovar va xizmatlarning harakati, shuningdek, keng koʻlamli madaniy-gumanitar almashuvlar uchun qulay sharoitlar yaratib berishimiz lozim.
 
Umid qilamanki, bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan Maslahat uchrashuvi munosabatlarimizda yangi sahifa ochib, Markaziy Osiyoda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklikni mustahkamlashning amaliy mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish va shakllantirishga xizmat qiladi.
 
Eʼtiboringiz uchun rahmat.
 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA

Test

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


Tugmani bosing Tinglash