Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

 

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-AVGUST HOLATIGA)

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

50524 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

52460 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

18429 so'm

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

3027 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2713 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

3235 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1718 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2728 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2298 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2123 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

4005 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

8842 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9725 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

12794 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

9898 so'm

Karam

Karam (1 kg)

1113 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

3110 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

1856 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2981 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2212 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1435 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

21373 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2231 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

2545 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

3883 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2424 so'm

Olma

Olma (1 kg)

6752 so'm

Nok

Nok (1 kg)

12888 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

9066 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

24592 so'm

Limon

Limon (1 kg)

31449 so'm

Banan

Banan (1 kg)

22459 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

17305 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

12756 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102941so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

44688 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15533 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26878 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3902 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4446 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9094 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12657 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21834 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20530 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33683 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28141 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40719 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

7951 so'm

Asal

Asal (1 kg)

49714 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

2718 so'm

HUDUDIY BO'LIMLAR

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


 

Oʻzbekiston investorlar uchun qulaymi?

 

Joriy yilning 5-6-mart kunlari Oʻzbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbir doirasida xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlari, investorlar, eksportyorlar, jurnalistlar ishtirok etadi.

OʻzA muxbirining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Fazliddin Umarov bilan suhbati forum maqsadi, ahamiyati, tayyorgarlik jarayonining borishi haqida boʻldi.

– Forumda Davlat soliq qoʻmitasi sarmoyadorlar uchun qanday takliflar bildiradi?

– Albatta, har bir tadbirkor uchun eng muhim masalalardan biri soliq qonunchiligi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, biz mamlakatimizdagi adolatli soliq maʼmuriyatchiligini taklif qilamiz.

Bu bevosita yangi Soliq kodeksi normalari bilan bogʻliq. 2020-yildan soliq qonunchiligida ham bir qator yangiliklar amaliyotga joriy etildi. Masalan, soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish boʻyicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Foyda soligʻini hisoblashda yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi obyektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari boʻyicha chegirmalar kengaytirildi.

Yana bir misol, tadbirkor tomonidan toʻlangan ortiqcha soliq oʻz muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha byudjetdan foiz toʻlanadigan boʻldi.

Bundan tashqari, birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qoʻllanilar edi.

Bularning ahamiyatini har bir biznesmen juda yaxshi tushunadi.

– Xorijlik investor soliqdagi qaysi qulayliklar uchun Oʻzbekistonni tanlashi kerak?

– Oʻzbekistonda soliq solishda yagona qonuniy hujjat – Soliq kodeksi amal qiladi. Mazkur kodeksda soliq qonunchiligi prinsiplari belgilangan boʻlib, unga koʻra, soliq tizimimiz aniqlik, adolatlilik, yagonalik, oshkoralik, soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorlik va albatta, soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi amal qilishi tamoyillariga asoslanadi.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorlik prinsipi ilgari boʻlmagan, bu tamoyil yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan amalga kiritildi. Oddiy qilib aytganda, soliq idoralari faqat nazorat qiluvchi organ emas, balki soliq toʻlovchiga yaqindan yordam beruvchi idora sifatida xizmat koʻrsatadi.

Bu borada Prezidentimiz qarorlariga muvofiq, soliq organlarining har bir pogʻonasida “Soliq solish boʻyicha maslahat” tuzilmalari tashkil etilib, ular aynan yuqorida aytib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi.

Yana shuni aytib oʻtishimiz kerakki, soliq maʼmuriyatchiligini amalga oshirishda IT texnologiyalarini tatbiq etish hisobiga soliq toʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va koʻlamini oshirishga, tadbirkorlarga yengilliklar yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Misol uchun, soliq toʻlovchilar bilan inson omilisiz muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida 45 elektron davlat xizmati koʻrsatiladi. Ayni paytda hududlararo tarmoq tezligini oshirish, soliq toʻlovchilar uchun qulay boʻlgan xizmatlarni mobil versiyaga oʻtkazish, zamonaviy biznes-tahlil – Business Intellegence tizimidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish loyihalari amalga oshirilmoqda.

– Oʻzbekistonda alohida tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar bor edi. Bu investorlarga ham qoʻllanilganmi?

– Investor u xorijiy yoki mahalliy boʻlsin, tegishliligi boʻyicha amaldagi barcha soliq imtiyozlari va preferensiyalardan foydalanishi mumkin. Agar barcha uchun bir xil soliq solish tizimi amal qilsa, soliq yuki yuqori boʻlmasa, investor uchun alohida imtiyozga talab boʻlmaydi.

Alohida tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari berilishi investitsiya jalb qilinishiga har doim ham ijobiy taʼsir koʻrsatavermaydi. Oxirgi uch yilda barcha sohalardagi kabi soliq tizimi, umuman, soliq maʼmuriyatchiligida ham juda katta oʻzgarishlar boʻldi. Prezidentimiz farmonlari bilan tasdiqlangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich islohotlar olib borildi va bu davom etmoqda.

Maʼlumki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab soliq tizimida yangi bosqich boshlandi. Yaʼni, soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiyada asosiy yoʻnalishlar, yaʼni soliq yuki darajasini kamaytirish, soliq qonunchiligini soddalashtirish, yana-da qulay investitsiya muhitini yaratish, soliqlar va toʻlovlarni optimallashtirish kabi vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu yoʻnalishlardan kelib chiqib, dastlab takrorlanuvchi xususiyatlarga ega boʻlgan ayrim majburiy toʻlovlar yoki ajratmalar bekor qilinishi va soliq stavkalari pasaytirilishi orqali soliq yuki keskin kamaytirildi. Masalan, mol-mulk soligʻi 5 foizdan 2 foizga, aylanma soligʻi 5 foizdan 4 foizga, ijtimoiy soliq 15 foizdan 12 foizga, daromad soligʻi 22,5 foizdan 12 foizga tushirildi, tovar aylanmasidan 3,2 foiz miqdorida olinadigan majburiy ajratmalar bekor qilindi.

Shu bilan birga, barcha uchun bir boʻlgan, adolatli sharoit yaratish uchun iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga berilgan yoki individual xarakterga ega boʻlgan koʻplab imtiyozlar bekor qilindi. QQS soliq toʻlovchilar doirasi kengaytirilgan holda soliq stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi.

– Tadbirkor uchun imkoniyat yaratilayapti, lekin sarmoyador foyda qilishi kerak. U shuni koʻzlaydi. Boshqa davlatlarga nisbatan Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun qanday qulayliklar bor?

– Jahon bankining “Biznes yuritish – 2020” (Doing Business – 2020) yillik reytingida Oʻzbekiston 2019-yil yakunlari boʻyicha 100 baldan 69,9 ball toʻplab, 190 mamlakat orasida 69-oʻrinni egalladi. Oʻtgan yilgi reytingga nisbatan mamlakat 76-oʻrindan 7 oʻringa koʻtarildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2019-yilda biznes muhitini yaxshilashda eng yuqori rivojlanishga erishgan davlatlarning 20 taligiga kiritildi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu borada eng yaxshi 50 mamlakat qatoriga kirish boʻyicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilinganligi haqida ham aytib oʻtdi.

Buyuk Britaniyaning “The Economist” jurnali boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi eng yaxshi islohotchi davlatlar roʻyxatiga kiritildi. Shuningdek, Oʻzbekiston dunyodagi eng xavfsiz beshinchi davlat, deb topilgan va borish tavsiya etiladigan mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.

Investorlar uchun respublikadagi imkoniyatlarga toʻxtaladigan boʻlsak, birinchidan, mamlakatimiz siyosiy barqaror, ikkinchidan, tabiiy resurslarga boy davlatmiz, uchinchidan, olib borilayotgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari ham tadbirkorlikni amalga oshirish uchun qoʻshimcha imkoniyat, toʻrtinchidan, yirik korxonalarda davlat ulushini kamaytirish orqali ularni potensial investorlarga berish jarayonlari qulay omillardan biri hisoblanadi.

Shuni ham aytib oʻtishimiz kerakki, investorlar uchun ularning daromadlarini repatriatsiya qilishi, yaʼni soliqlar toʻlagandan soʻng, investor oʻz foydasini bemalol dividend sifatida olib, erkin tasarruf qilishi (olib chiqib ketishi) mumkinligi qonun bilan belgilab qoʻyildi.

– Maʼlumotlarga koʻra, soliq tizimi soddalashtirildi. Shundan soʻng qancha xorijlik investor qiziqish bildirdi?

– Mamlakatimizda biznes tashkil qilish uchun qiziqish bildirayotgan xorijlik investor juda koʻp. Buni xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar sonidan ham koʻrsak boʻladi.

Masalan, 2017-yil boshida xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi korxonalar 5 yarim mingta boʻlgan, 2019-yil yakuni bilan bu koʻrsatkich 10 mingdan oshib ketdi (10382 ta). Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning oʻsish surʼatlari boʻyicha bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda.

2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar oʻsdi. Shubhasiz, soʻnggi yillarda mamlakat investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, byurokratik toʻsiqlarni bekor qilish, valyutani erkinlashtirish borasidagi amaliy ishlar investitsiyalarni, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar jalb qilishni keskin oshirishda muhim oʻrin egalladi.

– Sarmoyador ishonchli, xavfsiz, imtiyozli joyga pul tikishni istaydi bu oddiy qoida...

– Ishonch bilan aytamanki, mamlakatimiz investorlar uchun siyosiy barqaror hisoblanadi. Bundan tashqari, respublikamizdagi qonun ustuvorligi, jumladan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunining amal qilishi investorlarning manfaatiga xizmat qiladi. Yana quvonarlisi, soliq tizimi boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida respublikamiz eng raqobatbardosh hisoblanadi.

Investorlarimiz uchun imtiyozlar yetarli darajada taqdim etilmoqda. Xususan, investorlar uchun resurs soliqlaridan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar amal qiladi. Yaʼni, xorijiy sarmoyalar hisobiga tashkil etilgan korxonalarda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmiga qarab resurs soliqlari boʻyicha imtiyozlar beriladi.

Misol uchun, investitsiya hajmi 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha – 3 yil muddatga, 3 million AQSH dollaridan ortiq 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga, 10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda – 7 yil muddatga soliq imtiyozlari beriladi va ulardan yer, mol-mulk, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar olinmaydi.

– Soliq tizimi investorlar, tadbirkorlar uchun “tozami”?

– Bu borada koʻp ish olib borilmoqda. Qachon korrupsiya boʻlmaydi? Qachonki davlat organlarining faoliyati shaffof, adolatli boʻlsa.

Hozirda soliq tizimida inson omilini cheklash maqsadida 46 elektron davlat xizmati, shu jumladan, 20 interaktiv va 26 axborot xizmatlari elektron soliq xizmatlari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bundan tashqari, 28 turdagi ochiq maʼlumotlardan ham foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangi portalda soliqlarni mustaqil ravishda hisoblab chiqarish, hisobot va soliq deklaratsiyalarini yuborish, rasmiy tushuntirishlar va 14 xil turdagi maʼlumotnoma olish mumkin. Shuningdek, soliqlarni onlayn rejimida toʻlash, korxonaga yuborilgan ogohlantirish xabarnomalari toʻgʻrisida tezkor xabardor boʻlish kabi oʻndan ortiq yangi imkoniyatlar yaratilgan.

Zamonaviy smartfon va planshetlar uchun foydalanishga moʻljallangan “Soliq” mobil ilovasi yordamida Davlat soliq qoʻmitasining 15 turdagi interaktiv xizmat turlaridan tez, oson va qulay shaklda foydalanish mumkin.

Barno MELIQULOVA
suhbatlashdi. OʻzA uza.uz
Tugmani bosing Tinglash