Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Надрукувати

Samarqand viloyati Payariq tumani Do‘stlik mahallasi hududidagi Alamli qishlog‘i fuqarosi Norpo‘lat To‘qboyevning murojaati yuzasidan Samarqand davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri Normahammad Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh tashkil etildi.

Guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi arxeologik tadqiqodlar instituti katta ilmiy xodimi Azbiddin Xolmatov, magistrant Yo‘ldoshxon Isayev belgilangan manzilda bo‘lib, kishilik tarixi tosh asriga oid makon joyida tekshiruv ishlarini amalga oshirdi.

Natijada Alamli qishlog‘idagi O‘rta hovuz manzilida "Mezolit-neolit" yodgorligini aniqlashga erishildi. Makon yer sathidan 3 dona tosh buyum, ya’ni tosh o‘zagi, qirg‘ich qurol, qayroqtosh bo‘lagi topildi. Shuningdek, makon joylashgan soy yon daralarida ko‘plab qoyatosh rasmlar ham borligi aniqlandi.

Bundan ko‘rinadiki, Payariq tumani yerlari odamzod tomonidan tosh asridan buyon o‘zlashtirilib kelingan. Kelgusida bu yodgorlik makonida qazilma ishlarini amalga oshirish, qoyatosh rasmlarini o‘rganish, qo‘shni soylarda ham keng arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Normahammad XOLMATOV,

SamDU arxeologiya kafedrasi mudiri.

zarnews.uz

Tugmani bosing Tinglash