Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.samstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-FEVRAL HOLATIGA)

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49089 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

49446 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

18836 so'm

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2363 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2454 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2483 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1627 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2712 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2282 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2097 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

3496 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

9359 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9650 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

8723 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

8263 so'm

Karam

Karam (1 kg)

1776 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

13236 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

14706 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2481 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

1684 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1826 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

24119 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2263 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1967 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

10814 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

7350 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2344 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

2342 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

2623 so'm

Olma

Olma (1 kg)

10837 so'm

Nok

Nok (1 kg)

13058 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

11044 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

23729 so'm

Limon

Limon (1 kg)

7998 so'm

Banan

Banan (1 kg)

19907 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16253 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

11325 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

44180 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15800 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26817 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

4018 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4423 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9588 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21822 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20527 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33693 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28138 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40719 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

7771 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43918 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

2472 so'm

HUDUDIY BO'LIMLAR

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


 

Biri bor ekan, biri yo‘q ekan... Yaqin o‘tgan zamonda, ya’ni 2005 yilda Urgut tumanining Beshkon mahallasida 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirilgan ekan. Oradan 15 yilga yaqin vaqt o‘tibdiki, bu zamonaviy maktab mahalla ahli farzandlariga xizmat qilib kelmoqda. Maktabning eski binosi haqida gap ketsa, yosh avlod ertak, deb o‘ylashi tabiiy. Sababi u yog‘ochdan qurilgan qadimiy bino bo‘lgan ekan.

Kunlarning birida shu xususida gaplar qulog‘imizga chalinib, maktabning o‘tmishi va buguni haqida bir maqola tayyorlash istagida ijodiy guruhimiz bilan Beshkon tomon yo‘l oldik.

Mazkur ta’lim muassasasi binosiga kiraverishda maktab pasportiga ko‘zimiz tushdi: “Umumiy quvvati 600, kontingenti 565 o‘quvchi, ta’lim ikki navbatda olib boriladi”. Maktabda kichik bo‘lsa-da kutubxona, informatika xonasi, kattagina sport zali bor ekan. Ammo oshxonasi, faollar zali yo‘q ekan. Fizika, biologiya, kimyo laboratoriya xonalari bor ekanu asbob-uskunalardan foydalanishning iloji yo‘q ekan. Biz maktabga borgan paytda direktor o‘rinbosarlari boru direktor yo‘q ekan. Shuning uchun bizga ma’lumotlarni direktor o‘rinbosarlari berdi. 

- Aslida maktabimiz 330 nafar o‘quvchi o‘rniga ega, - deydi maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Mahmud Sulaymonov. – Ayni paytda 719 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, o‘quvchilarimiz ikki navbatda o‘qiganda ham sinfxonalarimizga sig‘maydi. Biz esa kutubxonani kichikroq xonaga ko‘chirish hisobiga, shuningdek, fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalaridan sinfxona sifatida foydalanib o‘quvchilar uchun imkoniyat yaratib berganmiz. Hammasi bo‘lib 14 ta sinfxona bor. Birinchi navbatda barcha xonalarda dars o‘tiladi, ikkinchi navbatda esa 12 ta xonadan foydalanamiz. Kunning ikkinchi yarmida bor-yo‘g‘i 2 ta xona to‘garaklar uchun xizmat qiladi.

Maktab uchun zarur bo‘lgan 6 ta qozondan 4 tasi bor, ikkitasi yo‘q ekan. Biz maktabga borgan kuni o‘sha 4 ta qozon ham ishlamay turgan ekan. Shuning uchun ham ayrim sinfxonalardagi dars jarayonlarida o‘quvchilar qishki kiyimlarda o‘tirarkan.

- Bugun kun iliqroq bo‘lganligi uchun qozonlarimizga o‘t yoqmagandik, - deydi maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Saidqul Alponov. – Ikkinchi sabab - keltirilayotgan ko‘mirning sifatsizligi. Ya’ni, aksariyat qismi kukundan iborat, sovuq kunlarga saqlab turish uchun iqtisod qilyapmiz. Qolaversa, ayrim sinfxonalarimizni issiqlik bilan ta’minlashning imkoni yo‘q. Chunki maktabimizda 6 ta qozon bo‘lishi kerak. Bugungi kungacha ikkita qozon keltirilmagan.

Bu masalalarga oydinlik kiritish maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari bilan telefon orqali bog‘landik.

- Haqiqatdan ham hujjatlarda maktab 600 o‘rinli, deb yozilgan, - deydi bo‘lim bosh muhandisi Akmal Xursandov. – Bu maktab binosi maxsus laboratoriya va informatika xonalaridan boshqa darslarni o‘tishda foydalanilmasa, 600 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga sig‘dirishi qiyin. Aslida esa bu mumkin emas. 2020-2022 yillarda Urgut tumanida 4 ta maktab rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan. Biz ishchi guruh tuzib, bu maktab faoliyatini yana bir bor o‘rganamiz. Maktabning issiqlik tizimi masalasida gapiradigan bo‘lsak, o‘tgan yili 4 ta zamonaviy qozon o‘rnatildi. Ayrim xonalar va sport zalni isitish uchun 2 ta qozon zarur. Yangi o‘quv yili oldidan qozonxona muammosi bartaraf etiladi.

Beshkonlik o‘quvchilarning ham, ularga ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning ham orzulari bisyor ekan. Jumladan, keng va yorug‘ sinfxonalarda dars o‘tish, chang bosib yotgan laboratoriya asbob-uskunalaridan emin-erkin foydalanish, darsdan keyin, faqat qog‘ozlarda qolib ketayotgan o‘nlab to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istaydilar. O‘ylaymizki, keyingi maqolamiz Beshkon mahallasidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ham, o‘qituvchilari ham murod-maqsadiga yetibdi, deb tugallanadi.

To‘lqin SIDDIQOV,

"Zarafshon" muxbiri. zarnews.uz

Tugmani bosing Tinglash