03/05/2024

    2024-yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktor oʻrinbosari Z. Ziyayev hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Sh. Abdiyevlar Samarqand viloyatining Jomboy tumanida faoliyat olib borayotgan “Amin invest” MCHJ hamda “O‘zbek gaz-suv qurilish” korxonalarida bo‘lib, korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Oʻrganishlar jarayonida korxona tomonidan Statistika organiga taqdim etilayotgan 12 sanoat narx kuzatuvidagi ma’lumotlar muhimligi, haqqoniyligi, qay tartibda shakllanishi hamda hisobotni to‘g‘ri tuzish yuzasidan  korxona rahbarlari va hisobchilariga batafsil tushuntirishlar berib otildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech