Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan mablag' olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar, eksport (import) operatsiyalarini amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) 1-invest shakli choraklik hisobotini 25-oktyabrdan kechiktirmasdan statistika organlariga taqdim etishingizni eslatib o'tamiz.

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (SENTABR)

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2320 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2432 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2474 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1625 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2689 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2226 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2097 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

2708 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

10606 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9589 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

8019 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

6911 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2278 so'm

Karam

Karam (1 kg)

2396 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

3118 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

2380 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2565 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1812 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

6389 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2238 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1904 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

2482 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

2731 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2830 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

1411 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

1944 so'm

Olma

Olma (1 kg)

4692 so'm

Nok

Nok (1 kg)

7362 so'm

Olxo'ri

Olxo'ri (1 kg)

2248 so'm

Shaftoli

Shaftoli (1 kg)

5096 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

5196 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

20933 so'm

Limon

Limon (1 kg)

26702 so'm

Banan

Banan (1 kg)

19582 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16177 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

10509 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

43381 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15586 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26526 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49549 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

49707 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

17938 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3852 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4416 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9733 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21719 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20473 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33713 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28268 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40383 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

6607 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43277 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

1859 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Soliq islohotlari natijalari tahlil qilinib, yangi vazifalar belgilandi

 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
 
Qariyb bir yil muqaddam, 2018-yil 29-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilingan edi.
 
Mazkur konsepsiya amalda tatbiq etilishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida davlat byudjetiga 39 trillion 118 milliard soʻm yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar koʻp mablagʻ tushdi. Prognoz 8 foiz ortigʻi bilan bajarilgani hisobiga, mahalliy hokimliklar ixtiyorida qoʻshimcha 2,8 trillion soʻm mablagʻ qoldirildi. Jismoniy shaxslar daromad soligʻi va ijtimoiy toʻlovlar stavkasi keskin kamaytirilgani natijasida 570 mingdan ziyod yashirin ish oʻrinlari legallashtirildi.
 
Lekin joylarda yangi soliq islohotlarini tizimli joriy etish, soliq tushumlarini koʻpaytirish va undirish borasida ayrim kamchiliklar ham uchrab turibdi.
 
Masalan, boʻsh turgan obyektlar va yer maydonlari negizida yangi korxonalar tashkil etib, soliqqa tortish bazasini kengaytirish borasida sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan. Ayrim hududlarda prognoz yirik korxonalar va avvaldan soliq toʻlash amaliyoti hisobiga taʼminlangan.
 
1.jpg
 
Davlatimiz rahbari bu kabi holatlar oqibatida milliardlab mablagʻlarni byudjetga tushirish imkoniyati yoʻqotilganini taʼkidlab, tegishli vazirlik va hududlar rahbarlariga kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazorat qilish boʻyicha topshiriqlar berdi.
 
2020-yil 1-yanvargacha soliq tekshiruvlariga moratoriy eʼlon qilingani qayd etilar ekan, Davlat soliq qoʻmitasiga xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda, yil oxiriga qadar, soliq toʻlamaslik xavfini baholash imkoniyatiga ega elektron dastur yaratish vazifasi qoʻyildi.
 
Joriy yil 27-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu yangi soliq islohotlarining oʻta muhim ikkinchi bosqichidir.
 
Farmonga muvofiq, shu paytgacha qoʻllanilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab bekor qilinadi. Bundan asosiy maqsad – ichki bozorda barcha tadbirkorlar uchun bir xil sharoit yaratib, sogʻlom raqobat muhitini yaratish.
 
Yigʻilishda bu oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish boʻyicha Bosh vazir rahbarligida tuzilgan Ishchi guruh shtabi va uning hududiy tuzilmalari ishini yanada jonlantirish vazifasi qoʻyildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtadigan tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklari bilan manzilli ish tashkil qilib, ularning buxgalteriyasini yuritishga amaliy yordam berish zarurligi taʼkidlandi.
 
Prezident tadbirkorlardan soliq majburiyatini toʻliq bajarishni talab qilish bilan birga, ularning manfaatlarini himoyalash ham kerakligini qayd etdi.
 
Masalan, hozirda tadbirkorlar xomashyoni qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlagan holda sotib oladi. Undan tayyor mahsulot ishlab chiqarib, sotganidan keyingina xomashyo narxidagi qoʻshilgan qiymat soligʻini kamaytiradi. Bungacha tadbirkor oʻz aylanma mablagʻlaridan vaqtincha foydalana olmayapti.
 
Shu bois davlatimiz rahbari mutasaddilarga qoʻshilgan qiymat soligʻini bir yoʻla hisobga olish va uni soliq toʻlovchiga qaytarish mexanizmini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.
 
Videoselektorda yana bir muhim masala – energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham koʻrib chiqildi.
 
Oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz.
 
Shu bois, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil boʻlishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.
 
Yigʻilishda tariflarni tartibga solish boʻyicha taklif etilayotgan islohotlarni aholiga toʻliq yetkazish zarurligi taʼkidlandi. Soliq islohotlarini targʻib qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzolari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar oʻzgarishining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
 

OʻzA

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


Tugmani bosing Tinglash