Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Yirik tijorat yuridik shaxslar, ularning alohida bo’linmalari (sug’urta tashkilotlari, banklar, fermer va dehqon xo’jaliklaridan tashqari) 1-moliya shakli Davlat statistika (oylik) hisobotini 18-dekabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (OKTABR)

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49506 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

49643 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

18948 so'm

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2322 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2442 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2491 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1625 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2691 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2250 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2119 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

3076 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

10415 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9675 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

8193 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

7494 so'm

Karam

Karam (1 kg)

2083 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

3989 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

2769 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2326 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2156 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1415 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

9780 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2265 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1790 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

2483 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

2388 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2716 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

1394 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

1816 so'm

Olma

Olma (1 kg)

5345 so'm

Nok

Nok (1 kg)

7909 so'm

Olxo'ri

Olxo'ri (1 kg)

3168 so'm

Shaftoli

Shaftoli (1 kg)

5478 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

5380 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

30576 so'm

Limon

Limon (1 kg)

16018 so'm

Banan

Banan (1 kg)

20383 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16215 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

10921 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

44080 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15594 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26541 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3889 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4416 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9567 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21735 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20473 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33713 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28138 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40719 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

7209 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43277 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

2125 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!
 
Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta shodu xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, goʻzal diyorimizdagi barcha moʻminlarni chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
 
Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!
 
Mana shunday shukuhli va saodatli ayyomda hammamiz avvalo Alloh taboraka va taologa beadad shukronalar aytishimiz tabiiydir.
 
Siz, azizlarga yaxshi maʼlumki, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, eʼtiqod erkinligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar oʻrtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.
 
Ayniqsa, xalqimizning islom madaniyati va sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasini mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligiga yetkazish, tabarruk qadamjolarni obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va targʻib etish borasida boshlagan xayrli ishlarimiz ilmu maʼrifatning qadriga yetadigan el-yurtimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanmoqda.
 
Fuqarolarimiz uchun yaratilgan yangi imkoniyat va sharoitlar tufayli ushbu moʻtabar va ulugʻ ayyom kunlarida Makkai mukarramada muqaddas haj amallarini ado etayotgan 7 mingdan ziyod vatandoshlarimiz bugungi tinch-osoyishta, erkin hayot uchun Parvardigori olamga hamdu sanolar aytib, yurtimizga ravnaq, xalqimizga xayr-baraka soʻrab, duoi fotihalar qilishmoqda.
 
Hojilarimizning barchasini samimiy muborakbod etib, ularning ona diyorimizga sogʻ-salomat qaytib kelishlarini tilaymiz. Ular oʻzlarining ibratli fazilatlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan yosh avlodimizni el-yurtga sadoqatli va fidoyi, hidoyat yoʻlidan boradigan halol va pok insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qoʻshadilar, deb ishonamiz.
 
Yaratganning neʼmatlari ziyoda boʻlayotgan va shukronalik hislari qalblarimizni nurafshon qilayotgan ushbu ayyomda uzoq va yaqin hududlarda joylashgan barcha musulmon mamlakatlarining xalqlarini, xorijiy doʻst va hamkorlarimizni qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor boʻlishini tilaymiz.
 
Qadrli yurtdoshlar!
 
Qurbon hayitining mamlakatimizda mustaqillik bayrami arafasida keng nishonlanishi xalqimizning ruhi va kayfiyatini yanada koʻtarmoqda.
 
Ayni shu kunlarda el-yurtimizga xos boʻlgan mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuygʻulari yaqqol namoyon boʻlib, barchamizni ehtiyojmand, kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar, nogironlar, yolgʻiz keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlarga daʼvat etmoqda.
 
Bunday xayrli amallar mamlakatimizda ijtimoiy hayotning turli sohalarida roʻyobga chiqarilayotgan, insonni aziz va mukarram deb bilishga, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarimizga har tomonlama uygʻun va hamohangdir.
 
Biz ularning zamirida islom dinining insonparvarlik mohiyati va qudratini koʻramiz, buyuk maʼnaviy meros vorislari ekanimizdan haqli ravishda faxrlanamiz.
 
Hurmatli vatandoshlar!
 
Barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman.
 
“Diling – Allohda, qoʻling – mehnatda boʻlsin”, degan olijanob eʼtiqod bilan yashayotgan xalqimiz doimo omon boʻlsin!
 
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin!
 
Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin!
 
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
 

OʻzА

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA

Test

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


Tugmani bosing Tinglash