Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan mablag' olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar, eksport (import) operatsiyalarini amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) 1-invest shakli choraklik hisobotini 25-oktyabrdan kechiktirmasdan statistika organlariga taqdim etishingizni eslatib o'tamiz.

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (SENTABR)

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2320 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2432 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2474 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1625 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2689 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2226 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2097 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

2708 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

10606 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9589 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

8019 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

6911 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2278 so'm

Karam

Karam (1 kg)

2396 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

3118 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

2380 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2565 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1812 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

6389 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2238 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1904 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

2482 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

2731 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2830 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

1411 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

1944 so'm

Olma

Olma (1 kg)

4692 so'm

Nok

Nok (1 kg)

7362 so'm

Olxo'ri

Olxo'ri (1 kg)

2248 so'm

Shaftoli

Shaftoli (1 kg)

5096 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

5196 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

20933 so'm

Limon

Limon (1 kg)

26702 so'm

Banan

Banan (1 kg)

19582 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16177 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

10509 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

43381 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15586 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26526 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49549 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

49707 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

17938 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3852 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4416 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9733 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21719 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20473 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33713 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28268 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40383 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

6607 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43277 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

1859 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

 

Aholini jamoat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish fuqarolarning huquqiy madaniyati va yuridik savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, tegishli sohalarda davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali qarorlar qabul qilishning gʻoyat muhim sharti hisoblanadi.

Shu bilan birga, mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning jadal surʼatlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishlaridagi rolini oshirish, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari va normalarini inobatga olgan holda ushbu yoʻnalishdagi ularning faoliyatini avj oldirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligini taqozo etmoqda.

Jamoatchilik fikrini tahlil etish, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini taʼminlash asosida boshqaruv qarorlari qabul qilinishini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, unga muvofiq ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin, bunda, shu jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:

 

xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining taʼsirchan shakllarini joriy etish;

jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qoʻllash;

davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.S.Qosimov) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish va moliyalashtirishni koʻzda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin, unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:

institut tomonidan har yili Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritish va shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;

institut tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirilsin.

2020-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilansin.

5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, shuningdek, tuman va shaharlar byudjetlarining xarajatlariga qoʻshilsin.

Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qatʼiy nazar, ushbu organ va tashkilotlarning byudjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va taqdim etsin;

Internet tarmogʻida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan oʻtkazsin.

Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish boʻyicha choralar koʻrish uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin.

7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng koʻlamda tushuntirish va targʻib qilishga, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan byudjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosda maxsus telekoʻrsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) tashkil etilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini tayyorlash boʻyicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va shakllangan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib belgilansin.

Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etsin.

 

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (A.X.Saidov) ikki
oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi toʻgʻrisidagi nizom;

Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining xalqaro standartlarini respublikada joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuga oid koʻrsatuvlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

12. Mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari barcha chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–2085-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini;

qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

        Prezidenti                          Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 4-oktyabr

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


Tugmani bosing Tinglash