Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

SAMSTATINFO

ISTE'MOL NARXLARI (2019-YIL IYUL OYI HOLATIGA)

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2295 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2420 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2474 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1625 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2684 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2226 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2051 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

2707 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

9422 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

11034 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

7176 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

6443 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

1958 so'm

Karam

Karam (1 kg)

1426 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

3429 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

1821 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

2423 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

2686 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

4416 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2239 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1729 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

2869 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

2795 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2954 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

1654 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

2639 so'm

Olma

Olma (1 kg)

4324 so'm

Nok

Nok (1 kg)

14488 so'm

Olcha

Olcha (1 kg)

3297 so'm

Gilos

Gilos (1 kg)

10575 so'm

Olxo'ri

Olxo'ri (1 kg)

2215 so'm

O'rik

O'rik (1 kg)

3351 so'm

Shaftoli

Shaftoli (1 kg)

5202 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

5849 so'm

Mandarin

Mandarin (1 kg)

13422 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

16783 so'm

Limon

Limon (1 kg)

12551 so'm

Banan

Banan (1 kg)

18050 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16119 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

10425 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

41938 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15566 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26484 so'm

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

41643 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

41685 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

16902 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

3830 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4416 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

8115 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21719 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20473 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33713 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28528 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40198 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

5389 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43277 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

1859 so'm

TADBIRKORLAR UCHUN

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 11 yanvar kuni viloyatga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan, viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, tuman va shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi.

O‘tgan davr mobaynida mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2019-2020 yillarda amalga oshirilishi belgilangan umumiy qiymati 19,6 trillion so‘m bo‘lgan 987 ta loyihaning 572 tasi bo‘yicha 2,3 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 300 ta loyihalar to‘liq foydalanishga topshirildi. 4 ming 367 ta yangi ish o‘rni yaratildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha yilning birinchi yarmida 88,2 million AQSh dollari o‘zlashtirildi. Bu 2018 yil bilan taqqoslaganda qariyib 1,5 barobarga yoki 29,9 million dollarga ko‘pdir.

Xususan, Samarqand shahridagi “Aziya Metal Prof” mas’uliyati cheklangan jamiyatida metalni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish maqsadida Xitoy davlatidan 10 million dollar investitsiya kiritildi. Tayloq tumanidagi “Pet Agro Oil” korxonasida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish va qadoqlash loyihasi uchun Turkiya va Singapur davlatlaridan umumiy qiymati 7 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi.

Samarqand shahri aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy turar joy massivlari barpo etish maqsadida 2018 yilda Samarqand tumanining Qorasuv massividan 50 gektar yer maydoni ajratilib, ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’yektlari bunyod etilgan edi. Davlatimiz rahbari 11 yanvar kuni “Obod maskan” deb nom olgan ushbu mahallada bo‘lib, yangi uy-joylar va bu yerda aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishgan edi. Qurilish ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish bo‘yicha topshiriqlar bergandi. Ana shu topshiriq asosida mazkur hududdan 16,4 gektar yer maydoni ajratilib, “Agromir bildings” qurilish kompaniyasi tomonidan 2019 yilda 18 ta va 2020 yilda 59 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilangan. Ayni paytda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Joriy yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatdagi 42 qishloqda qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 407,1 milliard so‘m mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hozirgacha dastur doirasida barcha manbalar hisobidan 111,1 milliard so‘m moliyalashtirilib, 246,7 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 10 ming 160 ta yakka tartibdagi va 38 ta ko‘p qavatli uy joy ta’mirlandi. 164,8 kilometr suv tarmog‘i tortildi, 2 ta suv inshooti va 10 ta suv minorasi rekonstruksiya qilindi. 244 kilometr elektr tarmoqlari va 116 ta transformator yangilanib, mukammal ta’mirlandi, 1227 ta tayanch ustunlar almashtirildi. 12,6 kilometr gaz tarmoqlarni ta’mirlandi, aholiga 5541 dona suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. 268,8 kilometr ichki yo‘llar, 62,4 kilometr piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi. Shu paytgacha 11 ta bozor infratuzilma ob’yektlari foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 205 ta ob’yektda qurilish-obodonlashtirish hamda 55 ta ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

“Obod mahalla” dasturi doirasida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlaridagi 6 mahallada qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunga 49,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgacha, dastur doirasida 25,3 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, “Obod markaz” dasturi bo‘yicha Paxtachi tuman markazida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish yumushlari amalga oshirilmoqda. Tuman markazining yangi rejalashtirish loyihasi ishlab chiqildi va 15 ta yangi ob’yekt joylashtirildi.

Joriy yilgi investitsiya dasturida viloyatda 565,7 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 151 ob’yektda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu ob’yektlarda 472,4 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. 22 maktab, 8 tibbiyot muassasasi va 12 ta ichimlik suv ob’yektlarida belgilangan ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Bu yil viloyatda 804,8 kilometr yo‘l qurilish ishlari ko‘zda tutilib, yilning birinchi yarmida 474,8 kilometr masofada yo‘l qurilish ishlari yakunlandi. Sayyohlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar tufayli joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatga 1 million 433 ming turist tashrif buyurdi. Ularning 227 ming nafarini xorijlik sayyohlar tashkil etadi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.

Albatta, bunday o‘sish suratlari sohaga investitsiyalarni faol jalb etish, sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Shu maqsadda viloyat miqyosida 3,29 trillion so‘mlik 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Uning 348,3 million dollari xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 37 ta loyiha zamonaviy mehmonxonalar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning umumiy qiymati 1,855 trillion so‘mni tashkil etadi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun Samarqand viloyatida barcha sohalarda islohotlar izchil davom etib, bu viloyat iqtisodiyotini mustahkamlash, aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining bu galgi tashrifi ham viloyat hayotida yangi sahifa ochib, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng yo‘l ochishi shubhasiz.

G‘olib HASANOV.

zarnews.uz

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


Tugmani bosing Tinglash