Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-KB shakli yillik Mikrofirma va kichik korxonaning 2019 yil uchun hisobotini (tegishli ilovalari bilan) 2020 yil 26 fevraldan kechiktirmay, xato va kamchiliklarsiz (www.samstat.uz) eStat3.0 tizimi orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlaringizni eslatamiz.

SAMSTATINFO

HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI (1-FEVRAL HOLATIGA)

Mol go`shti

Mol go`shti (1 kg)

49089 so'm

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti (1 kg)

49446 so'm

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti (1 kg)

18836 so'm

bugdoy

Bug'doy (1 kg)

2363 so'm

arpa

Arpa (1 kg)

2454 so'm

joxori

Jo'xori (1 kg)

2483 so'm

kepak

Kepak (1 kg)

1627 so'm

shrot

Shrot (1 kg)

2712 so'm

shulxa

Shulxa (1 kg)

2282 so'm

Kombikorm

Kombikorm (1 kg)

2097 so'm

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni (1 kg)

3496 so'm

Guruch

Guruch (1 kg)

9359 so'm

No`xat

No`xat (1 kg)

9650 so'm

Loviya

Loviya (1 kg)

8723 so'm

Mosh

Mosh (1 kg)

8263 so'm

Karam

Karam (1 kg)

1776 so'm

Pomidor

Pomidor (1 kg)

13236 so'm

Bodring

Bodring (1 kg)

14706 so'm

Kartoshka

Kartoshka (1 kg)

2481 so'm

Sabzi

Sabzi (1 kg)

1684 so'm

No`shpiyoz

No`shpiyoz (1 kg)

1826 so'm

Sarimsoq

Sarimsoq (1 kg)

24119 so'm

Lavlagi

Lavlagi (1 kg)

2263 so'm

Qovoq

Qovoq (1 kg)

1967 so'm

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri (1 kg)

10814 so'm

Baqlajon

Baqlajon (1 kg)

7350 so'm

Sholg`om

Sholg`om (1 kg)

2344 so'm

Tarvuz

Tarvuz (1 kg)

2342 so'm

Qovun

Qovun (1 kg)

2623 so'm

Olma

Olma (1 kg)

10837 so'm

Nok

Nok (1 kg)

13058 so'm

Uzum

Uzum (1 kg)

11044 so'm

Apelsin

Apelsin (1 kg)

23729 so'm

Limon

Limon (1 kg)

7998 so'm

Banan

Banan (1 kg)

19907 so'm

Yong`oq

Yong`oq (1 kg)

16253 so'm

Yeryong`oq

Yeryong`oq (1 kg)

11325 so'm

Pista

Pista (1 kg)

102888 so'm

Bodom

Bodom (1 kg)

44180 so'm

Turshak (bargak)

Turshak (bargak) (1 kg)

15800 so'm

Kishmish

Kishmish (1 kg)

26817 so'm

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

4018 so'm

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

4423 so'm

Suzma

Suzma (1 kg)

9588 so'm

Tvorog

Tvorog (1 kg)

12507 so'm

Qaymoq

Qaymoq (1 kg)

21822 so'm

Smetana

Smetana (1 kg)

20527 so'm

Pishloq

Pishloq (1 kg)

33693 so'm

Brinza

Brinza (1 kg)

28138 so'm

Sariyog

Sariyog (1 kg)

40719 so'm

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

7771 so'm

Asal

Asal (1 kg)

43918 so'm

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

2472 so'm

HUDUDIY BO'LIMLAR

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Yangiliklarimizga obuna bo'ling


 

7 sentyabr kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari 65 sessiyasi bo'lib o'tdi.

Kengash raisi, Samarqand viloyati hokimi boshqargan yig'ilish videokonferensaloqa shaklida o'tkazildi.

Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, mahalliy kengashlar deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'ektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda parlament ishchi guruhi tomonidan viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish natijalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani, soha sub'ektlari uchun keng imkoniyat va imtiyozlar berilayotganini ta'kidladi.

– Keyingi uch yilda tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasi mustahkamlanib, ushbu soha vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbarining 50 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi, – dedi T.Norboyeva. – Soha rivojiga to'siq bo'luvchi ko'plab omillar bartaraf etildi. Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashish va tekshirishlarga chek qo'yildi. Hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish, hal etishga ko'maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tashkil etildi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari asosida aholiga imtiyozli kredit mablag'lari ajratish yo'lga qo'yildi. Bu kabi sa'y-harakatlar tufayli joriy yilning o'zida mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlari soni 60 mingtaga ko'payib, jami 325 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shu bilan birga hali sohada yechimini kutayotgan masalalar, tadbirkorlarning samarali ishlashiga xalaqit berayotgan muammolar ham yo'q emas. Shuning uchun Oliy Majlis Senati joylarga chiqib, ushbu yo'nalishdagi ishlarni o'rganib, o'rganish natijalari mahalliy kengashlarda muhokama etilmoqda.

Shundan so'ng, Oliy Majlis Senatining Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini o'rganish bo'yicha ishchi guruh rahbari, Senatning fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari bo'yicha qo'mitasi raisi Z.Nizomxo'jayev o'rganish yakunlari bo'yicha axborot berdi.

Ma'ruzada ta'kidlanishicha, bugungi kunda viloyatda 50 ming 800 ga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mavjud. Ularning 21 ming 370 tasi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lsa, 29 ming 400 dan ortig'ini yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil etadi.

Viloyatda 2019-2020 yillarda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub'ektlari sonini kamida ikki barobarga oshirish belgilangan. Jumladan, joriy yil yakuniga qadar 10 ming 100 ta yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, yilning o'tgan davrida 5955 ta yangi tadbirkorlik sub'ekti faoliyat boshlagan.

Hozirgi kunda ish bilan band bo'lgan aholining asosiy qismi, ya'ni 85 ming 240 nafari aynan kichik biznes sub'ektlarida mehnat qilib kelmoqda. Birgina joriy yilning o'tgan olti oyi davomida kichik biznes sube'ktlari tomonidan 9 ming 851 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.

Joriy yilning 1 avgust holatiga barcha yo'nalishlar bo'yicha tijorat banklari tomonidan 4 trillion 103 milliard so'm, jumladan kichik biznes sub'ektlariga 2 trillion 903 milliard so'm kredit mablag'lari ajratilgan.

Viloyatda 2019–2020 yillarga mo'ljallangan hududiy investitsiya dasturi doirasida jami 14,4 trillion so'mlik 982 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, hozirda 812 ta loyiha bo'yicha tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlarining 4,7 trillion so'mlik mablag'i o'zlashtirilgan. Bugungi kunda 487 ta loyiha ishga tushib, 8 mingga yaqin yangi ish o'rni yaratilgan.

2019-2021 yillarda viloyatda sanoat yo'nalishida 10 trillion 754 milliard so'mga teng bo'lgan 207 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 1 trillion 349 milliard so'mlik 21 ta loyiha “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida, 277,2 milliard so'mlik 21 ta loyiha viloyatdagi kichik sanoat zonalari hududida joylashtirilishi ko'zda tutilgan.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida tegishli dasturlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 411,2 milliard so'm miqdorida imtiyozli bank kreditlari ajratildi.

Xususan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 344,7 milliard so'm, fermer, dehqon va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan 4,7 milliard so'm, hunarmandchilikni rivojlantirishga 22,1 milliard so'm, bandlikka ko'maklashish jamg'armasidan 5,4 milliard so'm va “Yoshlar - kelajagimiz” dasturi doirasida 23,7 milliard so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Viloyatning eksport salohiyatini oshirish ko'p jihatdan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatiga ham bog'liq. Bugungi kunda viloyatdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 58 investor tomonidan umumiy qiymati 226 million AQSh dollariga teng 65 ta loyihani amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda. Mazkur loyihalar to'liq ishga tushirilishi hisobiga 4423 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi, 347,6 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi va 44 million dollarlik eksport amalga oshirilishi belgilangan.

Ayni paytda viloyatning 14 hududida 115,8 gektar yer maydonida 19 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Ularda investitsiya miqdori 67,1 million AQSh dollariga teng 96 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Hozirgacha 32 ta loyiha ishga tushirilib, 742 ta yangi ish o'rni yaratildi.

Sessiyada tadbirkorlik yo'nalishiga mas'ul vazirlik va tuzilmalarning hududlardagi boshqarma va bo'limlari hudud manfaatlarini respublika darajasida ilgari surishga yetarlicha e'tibor qaratmayotganligi alohida ta'kidlandi. Ular aksariyat hollarda kunlik masalalar, jumladan, hisobot va jadvallar to'ldirish bilan ovvora bo'lib, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish bo'yicha amaliy taklif va tashabbuslar ko'rsatmayotganligi tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, bu borada mahalliy kengashlar deputatlari ham faol bo'lishi, o'z faoliyatida tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratishi, ularning muammolari asosida tegishli tuzilmalarga qat'iy deputatlik so'rovlari bilan chiqishi, kichik biznes rivojiga to'siq bo'layotgan har qanday muammo va aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga nisbatan birinchilardan bo'lib munosabat bildirishlari zarurligi ta'kidlandi.

Sessiyada kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat tashkilotlarini jalb qilgan holda vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan aniq choralarni belgilash hamda ularning o'z vaqtida ijro etilishi yuzasidan qat'iy nazorat o'rnatish zarurligi qayd etildi. Xususan, mas'ul tuzilmalarni jalb qilgan holda faoliyati to'xtab qolgan tadbirkorlik sub'ektlarining aniq ro'yxatini shakllantirib, kelgusida ular ishini qayta yo'lga qo'yish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi aytib o'tildi.

Majlis davomida tadbirkorlar o'zlarini o'ylantirayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilib, javob oldi. Bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiyada muhokama etilgan masala yuzasidan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash