2021- yil yanvar-may oylarida import hajmi 522,8 mln. AQSh dollarini va 2020- yilning mos davriga nisbatan 121,7 % ni tashkil etdi.

 Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,9 %), kimyoviy vositalar (29,4 %)  hamda asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari (16,8 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

 Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mayida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 93,2 mln. AQSh dollariga ko‘paydi va 522,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,7 mln. AQSh dollariga yetdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech