Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i

1978-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 2001-yil Samarqand iqtisodiyot institutini, 2007-yil Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan. 2022-yil 19-avgustdan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchisi etib tayinlangan.

Mehnat faoliyati:

1996-1997- yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jo‘rayev Bolta” fermer xo‘jaligi yordamchi-hisobchisi bo‘lib ishlagan.

1997-2001- yillarda Samarqand kooperativ institutida tahsil olgan.

2001-2003- yillarda Samarqand viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Moliya va pul muomalasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi;

2003-2009- yillarda Samarqand viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Umumiqtisodiyot kompleksi ko‘rsatkichlari tahlili va monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

2009-2010- yillarda Samarqand viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Umumiqtisodiyot kompleksi ko‘rsatkichlari tahlili va monitoring bo‘lim boshllig‘i;

2010-2012- yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;

2012-2022- yillarda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

2022-yil 19-avgustdan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech