O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4796-son qаrоri ijrosini ta’minlash, rasmiy statistika sohasida qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiyatni yanada takomillashtirish maqsadida har chorakda "Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari” o‘tkaziladi.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 08-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i I. Raxmatov hamda Samarqand shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Karachayevlar Samarqand shahrida 4-TJ tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi. Kuzatuv davomida I Raxmatov intervyuer tomonidan o‘tkazilayotgan kuzatuvda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi.
Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuerga kerakli topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati