10/11/2023

    2023–yilning yanvar– sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 16 738,3 mlrd. so‘mni yoki 2022–yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 47,4 % ni tashkil etdi.

2023–yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 231,6 ming tonna go‘sht (2022–yilning yanvar– sentabrga nisbatan 1,2 % ga ko‘p), 1 048,2 ming tonna sut (3,5 % ga ko‘p), 1 029,9 mln. dona tuxum (-3,0 % ga kam), 26 951 dona qorako‘l teri (6,1 % ga ko‘p) yetishtirildi va 5 976,2 tonna baliq (7,4 % ga ko‘p) ovlandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech