Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi savdo xizmatlarida – 35,7 % (4 860,1 mlrd. so‘m), transport xizmatlarida – 33,2 % (4 240,6 mlrd. so‘m), shaxsiy xizmatlarda – 6,7 % (1 347,1 mlrd. so‘m) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5,7 % (899,8 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi. Kichik biznes subyektlarining xizmatlar sohasida eng kichik ulushi moliyaviy xizmatlarda 0,4 % (41,2 mlrd so‘m) kuzatildi.
Axborot xizmati