20/03/2025

     Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida ham Navro‘z bayrami munosib nishonlanmoqda.

    Atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Shukuhli bu kunlarda esa yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanadi. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz qayta tiklanib, yangicha tus oladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singa boradi.

    Navro‘z asosan bahoriy teng kunlik 21-martdan boshlab nishonlangan va bir hafta, o‘n kun, hatto, ba’zi joylarda bir oygacha davom etgan bayram. Navro‘z bayrami  - bu dehqon, cho‘pon, hunarmand, qo‘yingki, hammamizning haqiqiy umumxalq bayramimizdir. 

    Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi.

 

 

   Vatanim, navro’zing muborak!

Yurtim! Ilhomimga sarchashma o‘zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo‘lsin Naro‘zing.

Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O‘z tug‘ro, bayrog‘ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech