Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.
– Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masallar yuzasidan 2025-yilning 6-oktabr kuni Samarqand viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimi S.Xusanov hamda statistika boshqarmasi va tuman-shahar bo‘lim xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida boshqarma rahbariyati, xodimlar hamda DXX xodimi ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi davra suhbatida DXX boshqarmasi xodimi S.Xusanov va
statistika boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashishga ma’sul, boshqarma bosh yuristkonsulti O.Berdimurodov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masallar muhokamasi yuzasidan axboroti eshitildi.
Shundan so‘ng, Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimi so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida qatnashganligini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab, yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berib o‘tishdi. Shuningdek, kelgusi vazifalar belgilab berilganligi to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berib o‘tishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan davlatimiz rahbarining o‘z nutqida korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanligi hamda shu bois so‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratilganligi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilinganligini aytib o‘tishdi.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilganligi va ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib bormoqda.
Huquq-tartibot idoralari, asosan, korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yo‘qotadigan choralar ko‘rishi va korrupsiyaning oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlash shu bois ishga olishdagi tartib va yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlarni belgilab berganligi Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun zarurati qayd etilib, uning loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi belgilanganligi hamda fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash maqsadida ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ko‘rsatib o‘tilganligi to‘g‘risida ham ishtirokchilarga tushuntirish berildi.
Davra suhbati davomoda boshqarma xodimlari tomonidan berilgan savollarga DXX xodimi tomonidan tegishli javoblar olindi.
Axborot xizmati