2026-yilning 1-may holatiga ko‘ra viloyatimizda 4 925 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 214 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,6 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 750 tasi (15,2 %) boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 364 tasi (7,4 %) kiyim ishlab chiqarishga, 451 tasi (9,2 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishga va 331 tasi (6,7 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborot xizmati



