2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 404 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Ushbu muassasalardagi guruh va seksiyalar soni 33,4 mingtani, ularda sport bilan shug‘ullanuvchilar soni esa 486,5 ming nafarni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sport-ta’lim muassasalari soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 41 ta;
Toshkent viloyati — 34 ta;
Farg‘ona viloyati — 34 ta;
Buxoro viloyati — 31 ta;
Qashqadaryo viloyati — 31 ta;
Samarqand viloyati — 31 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 29 ta;
Andijon viloyati — 29 ta;
Xorazm viloyati — 27 ta;
Namangan viloyati — 26 ta;
Navoiy viloyati — 24 ta;
Surxondaryo viloyati — 24 ta;
Jizzax viloyati — 22 ta;
Sirdaryo viloyati — 21 ta.

Axborot xizmati



