Yoshlar siyosatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar |
---|

Yoshlarga oid yangiliklar |
---|
Davlat statistika qo‘mitasi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
NASHR ETILGAN: 01/03/2021

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi
NASHR ETILGAN: 18/02/2021

Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.
Yoshlar bilan uchrashuv savol javoblarga boy tarzda o‘tdi
NASHR ETILGAN: 21/06/2021
Joriy yilning 19- iyun kuni, yoshlar oyligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 149-umumta’lim maktabi faollar zalida, Urgut tumani yoshlari bilan uchrashdi. Tasdiqlangan reja grafik asosida o'tkazilgan uchrashuv davomida Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Ziyadullayev tuman yoshlariga davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar hamda ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Savol javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlar Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Djurakulovich tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, M.Ziyadullayev tomonidan tumandagi “ O‘roqboyjar” MFY ga kompyuter jamlanmasi hadya qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida yoshlar tomonidan berilgan takliflar hamda istaklar ijrosini o‘rganish uchun bir qancha muddatdan keyin qaytadan yig‘ilishga kelishib olindi.