O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018-yil 1-fevraldan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining axborot tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z murojaatlarini Internet tarmog‘ida pm.gov.uz manzilidagi veb-sayti orqali davlat organlari rahbarlariga yuborish imkoniyatini beradi.