Sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. So‘nggi uch yil ichida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘zgarish sur’ati 78,0 foizni tashkil etgan.
Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 14,4 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan – 95,2 foizini ishlab chiqarish sanoati, 3,6 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 0,8 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish va 0,4 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashki etgan.
Axborot xizmati