Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda.
Jumladan, 2023-yil yanvar-iyun oylarida 74,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,8 mln AQSh dollariga yoki 18,9 ming tonnaga kamaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (30,5 %), XXR (13,9 %), Belarus Respublikasi (8,7 %), hamda Turkiya (7,2 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 2023-yil yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 66,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 % ga kamaydi va jami eksportdagi ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati