2023-yil 1-avgust holatiga koʻra Samarqand viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 536 tani tashkil etmoqda.
Keyingi besh yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 15,3 foizga oshdi. Yetakchi o‘rinni 102 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi egallagan. Bu viloyatda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 19,0 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Turkiya Respublikasi (ulushi 18,1 foiz), Xitoy Xalq Respublikasi (ulushi 13,6 foiz) va Janubiy Koreya (ulushi 6,2 foiz) davlatlari ham yetakchilar hisoblanishadi.
Axborot xizmati