07/09/2023

    2023-yilning 7-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Samarqand viloyati bo‘yicha Sanoat sohasi statistikasi ko‘rsatkichlari” to‘g‘risida jonli efir orqali ochiq muloqat tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov so‘zga chiqib viloyatimizda amalga oshirilayotgan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning hozirgi bosqichida sanoat salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, hududlar va sanoat tarmoqlarning iqtisodiy salohiyati darajasini doimiy monitoring qilib borish, sanoat sohasini rivojlantirish hamda salohiyatini oshirishga qaratilgan modernizatsiya dasturlarini qabul qilish va bu borada maqsadli strategiyalarni ishlab chiqish masalasini hal etishning dolzarb ahamiyati, keyingi yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda importni optimallashtirish borasida keng ko‘lamli sa’y-harakat boshlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Shuningdek, boshqarmaning Sanoat statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi             T. Alimov jonli efir orqali Samarqand viloyachi bo‘yicha Sanoat sohasining statistik ko‘rsatkichlari tahlili, ushbu sohaning bir necha yillik dinamikasi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Qiziqarli o‘tgan ochiq muloqat davomida ijtimoy tarmoq kuzatuvchilari tomonidan berilgan savollarga soha vakillari tomonidan to‘liq tegishli javoblar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech