Joriy yilning 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Bulung‘ur tumani statistika bo‘limi mutaxassislari birgalikda tuman hududida joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarda 4-Savdo (YaTT) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida kunlik sotilgan mahsulotlardan tushgan tushum miqdori o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida intervyuerga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati