Kun tartibidagi davra suhbatida boshqarma tarmoq bo‘lim boshliqlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning “Korrupsiyadan ogoh bo‘ling” mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi.
Shuningdek, tizimda 3-chorak yakuni bilan onlayn qabul qilinadigan statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hamda hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish tartibini buzgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jarimalarni qo‘llash va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun konsalting xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Axborot xizmati