27/09/2023

    Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:Аholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish; shaharlarni va boshqa ahol ipunktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash; aholini ro‘yxatga olishlaroralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriyhi sobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Aholini ro‘yxatga olish — O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni;

Aholini ro‘yxatga olish sanasi — aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish amalga oshiriladigan aniq payt (yil, oy, kun vasoat);

respondentlar — aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

ro‘yxatga olish varag‘i — ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blanka;

ro‘yxatga olish hujjatlari — aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoniga taalluqli hujjatlar majmui;

ro‘yxatga oluvchi xodimlar — O‘zbekiston Respublikasining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga jalb etilgan, maxsus o‘quvdan o‘tgan voyaga yetgan fuqarolari;

uy xo‘jaligi — bitta turar joyda yoki uning bir qismida birgalikda yashaydigan, o‘zini yashash uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlaydigan, umumiy xo‘jalik yuritadigan, pulmablag‘larini to‘liq yoki qisman birlashtiradigan va sarflaydigan shaxslar yig‘indisi. Bu shaxslar qarindoshlik munosabatlarida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Uy xo‘jaligi bitta shaxsdan iborat bo‘lishi mumkin.

Ro'yxatga oluvchilar ishini muvofiqlashtirish uchun har bir instruktorlik uchastkasida 1 nafar instructor va 1 nafar statsionar ro'yxatga oluvchi faoliyat yuritadi. Ularning ishini ro'yxatga olish uchastkasi xodimlari nazorat qiladi.

Yashab turgan xonadonida (joyida) ro'yxatdan o'tishni istamagan respondentlar instruktorlik uchastkasida faoliyat yurituvchi statsionar ro'yxatga oluvchi xodimlarga murojat qilib, ro'yxatdan o'tishlari mumkin bo'ladi. Tuman va shahar miqyosida aholini ro'yxatga olishishlarini nazorat qilish uchun hududlarda aholini ro'yxatga olish bo'limlari tashkil etiladi.

Jarayon yakuniga yetkazilgandan so'ng hududiy statistika boshqarmalari qoshida Aholini ro'yxatga olishning birlamchi ma'lumotlarini electron bazaga kiritish markazlari tashkil etiladi. Ushbu tadbirlarning ahamiyatli jihati shundaki, ular orqali nafaqat o'zimiz, balki kelajak avlod uchun muhim ma'lumotlarni to'plashga erishamiz.

Aholini ro'yxatga olish natijalari mamlakatimizning keying demografik va ijtimoiy siyosatini beligilash bilan birga, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari hamda dasturlarini tuzishda keng qo'llaniladi.

Keyingi o'n yillikka mo'ljallangan oilalarni qo'llab-qo'vvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirish, shifoxonalar, bolalar bog'chalari, maktablar va uy-joy qurilishini rejalashtirishda foydalaniladi. Ro'yxatga olish natijasida shakllantiriladigan mamlakatdagi ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlar xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag'batlantirishga yo'l ochadi.

Biznes vakillari ro'yxatga olish ma'lumotlari orqali mehnat hamda iste'mol bozorining holatini baholash, talab va takliflar ehtiyojini aniqlash imkoniga ega bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, aholi to'g'risida to'planadigan ma'lumotlar barcha sohalarni rivojlantirib,  mamlakatni yanada taraqqiy ettirishga, jahon maydonida Yangi O'zbekistonning yangicha qiyofasini aks ettiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi.

 

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech