2023-yilning yanvar-avgust oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 11 376,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,2 % bo‘ldi.
Taqqoslash uchun: 2022- yil yanvar-avgust oylarida bu ko‘rsatkich 9 321,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 119,7 % darajada qayd etilgan.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyatida qayd etildi – 126,7 %.
Axborot xizmati