28/09/2023

    2023- yil yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 160,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ushbu xizmat turiga Toshkent shahrida talab nisbatan yuqori bo‘lib, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 19,3 %ni (609,7 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent (468,1 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 14,8 %) va Farg‘ona (361,5 mlrd so‘m yoki 11,4 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.

Eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 73,4 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 2,3 %).

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech