Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimi, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev hamda Kattaqo‘rg‘on tumani, Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi mutaxassislari birgalikda tuman va shahardagi dehqon bozorlari hududida joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarda 4-Savdo (YaTT) tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazishdi. Kuzatuv jarayonida kunlik sotilgan mahsulotlardan tushgan tushum miqdori o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida intervyuerga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati