29/09/2023


       Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan axboroti eshitildi.

     Tizimda korrupsiyon holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan barcha tizim xodimlarini ogoh bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

      Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B.Melikmurotov ham so‘zga chiqib, Statistika sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz mavzusida ma’ruza qildi.

       Jumladan, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish maqsadida va muhtaram Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Yuqoridagi qonun, farmon va qarorlarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida statistika sohasida ham ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.

     Tizim xodimlarida korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish hamda xizmat xonalarini korrupsiyaga qarshi ko‘rgazmali materiallar bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratilgan.

       Bosh maqsadimiz statistika tizimini korrupsiyadah holi sohaga aylantirishdir. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Statistika agentligi bilan birgalikda tizmli chora-tadbirlar amalga oshirish ishlari belgilangan.

       Yo‘l xaritasi tuzilib, amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan ma’lumotlar har chorak yakunida Statistika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limiga taqdim etib borilmoqda.

      Shuningdek, yig‘ilish davomida tizim xodimlariga statistika hisobotlarini onlayn qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz statistika idoralariga taklif qilish, to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ham tushuntirish berildi.

        Yig‘ilish yakunida “Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida va boshqa tayyorlangan qo‘llanma va bukletlarni aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillariga doimiy ravishda tarqatib borish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech