2023-yil 1-oktabr holatiga viloyat bo‘yicha chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 12 508 tani tashkil etib, (o‘zgarish sur’ati 88,3 %). Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 41 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 12 467 tani tashkil qildi.
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 19 129,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati