03/11/2023

 Joriy yilning 3-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari T. Sidikov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi xodimlari tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali onlayn seminar tashkil etildi.

Muloqat davomida T. Sidikov hamda Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi I. Raxmatov soʻz yuritib, foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlama statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyerning majburiyatlari haqida axborot berib oʻtishdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech