Samarqand viloyatida 2023-yil 1-oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 249,6 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,4 kishiga ortgan (2022-yilda 1 kv.km.ga 244,2 kishi).
Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo‘rg‘on shahrida 9 460,0 kishi, Samarqand shahrida 4 854,2 kishi, Toyloq tumanida 785,0 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobod tumani 33,3 kishi, Qo‘shrabot tumani 65,4 kishi, Paxtachi tumani 110,1 kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati