10/11/2023

  Joriy yilning 10-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni, Statistika agentligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam berish, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i-agentlikning xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Talipova Zulxumor Normatovna mavzu yuzasidan so‘z yuritdi.

Ishtirokchilar hududiy boshqarmada tashkil etilgan Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ayol xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida fikr-mulohaza almashishdi.

Shuningdek, xotin-qizlar salomatligiga e’tibor qaratish, ular o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazish, ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni  tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech