O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish topshirig‘i berilgan.
Kun tartibidagi o‘quv-seminar yig‘ilishida, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi, unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligi;
yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ko‘ra davlat komissiyasi hamda Konstitutsiyadagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini izchil amalga oshirish bo‘yicha 5 ta ekspertlik kengashi tuzildi hamda ularning vazifalari belgilab berilganligi;
shu bilan birga, Farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini reja-grafik asosida o‘qitish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilganligi haqida ma’ruza qilishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Axborot xizmati