Kun tartibidagi tadbirda boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Sidikovning Statistika organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan vazifa va funksiyalarning mazmun-mohiyatini yoritish yuzasidan axboroti eshitildi.
Shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati