27/11/2023

    Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2023-yil yanvar-oktabr oylarida 132,4 mln. AQSh dollarlik 143,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (30,3 %), XXR (16,2 %), Turkiya (9,3 %), hamda Qozog‘iston (7,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech