2024-yilning yanvar-may oylarida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 718,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 585,5 mlrd. so‘m, qo‘y va echkilar 97,3 mlrd. so‘mni, otlar 31,9 mlrd. so‘mni, parrandalar 3,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Axborot xizmati