2024-yilning 12-avgust kuni viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati bo‘yicha Xizmatlar sohasi statistikasi ko‘rsatkichlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, OAV vakillari, hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanini boshqarma boshligʻining o‘rinbosari Sidikov Tolib Iskandarovich ochib, oxirgi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohatlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼruza qildi.
Shuningdek, T. Sidikov tomonidan O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish 2025-2026-yillarga mo‘ljallanganligi va bu haqida 2024-yil 4-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025-2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbir yakunida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga boshliq o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati