Yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Prezident tomonidan «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-10-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun imzolandi.
Hujjat bilan MJtKga Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Axborot xizmati