2024-yil 1-oktabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan; Samarqand shahrida – 703 ta, Urgut tumanida – 527 ta va Ishtixon tumanida – 479 ta. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan, savdo sohasida – 2 378 ta, sanoat – 682 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 432 ta va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 179 ta.
Axborot xizmati