24/10/2024

    2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4 588,3 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 208,6 ming nafarga yoki 35,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirgʻiz Respublikasi – 2 159,5 ming nafar;

Tojikiston – 895,1 ming nafar;

Qozogʻiston – 719,9 ming nafar;

Rossiya – 222,9 ming nafar;

Turkiya – 180,9 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 121,9 ming nafar;

BAA – 90,3 ming nafar;

Misr – 32,1 ming nafar;

Quvayt – 20,0 ming nafar;

Janubiy Koreya – 17,5 ming nafar;

boshqa davlatlar – 128,2 ming nafar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech