2024-yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 6 550 tani tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tashkil etilgan korxona va tashkilotlar quyidagicha: Samarqand shahrida (1 707 ta), Samarqand (909 ta) va Pastdarg‘om (498 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tarmoqlar kesimida esa eng yuqori ko‘rsatkichni savdo – 2 332 ta, sanoat – 979 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari sohasida – 775 ta va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 645 taga ko‘paygani bilan izohlash mumkin.
Axborot xizmati