Joriy yilning 16-dekabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasining Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan "4 invest (asosiy)" choraklik hisobotini taqdim etish tartibi yuzasidan yirik va kichik tadbirkorlik subyektlari hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari T. Sidikov, Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i I. Raxmatov hamda bo‘lim xodimlari ishtirok etib, hisobot topshiruvchi respondentlarga hisobotda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning to‘g‘riligi, sifati va shaffofligini ta’minlagan holda ma’lumotlarni kiritish, kutilayotgan chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlarni xato va kamchiliklarsiz taqdim etilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati